Bu odammi yo ayiq? “Zoopark”da suratga olingan video ko‘pchilikni hayratlantirdi (video)
Bu qiziq
−
04 avgust 2023
31750Ijtimoiy tarmoqlarda Xitoydagi hayvonot bog‘i ayiqlaridan biri orqa oyoqlarida turgani aks etgan video tarqaldi. U kuzatuvchilar tomonidan odam kiyimidagi soxta ayiq deb talqin etildi. Hayvonot bog‘i esa bu ayblovlarni rad etmoqda. Bu haqda “Nypost ” nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, videoda tasvirlangan ayiq Xitoyning sharqiy Chjeszyan provinsiyasidagi Xanchjou hayvonot bog‘ida saqlanuvchi Anjela ismli Malayziya ayig‘i bo‘lgan.
Shundan so‘ng, ushbu mo‘ynali ayiq aslida ham kostyum kiygan odam ekanligi yoki yo‘qligini aniqlash uchun hayvonot bog‘iga kuniga 20 ming odam tashrif buyurishni boshlagan.
"Internetda turgan bu ayiqni ko‘rganimdan so‘ng, uning haqiqiy hayotda ko‘rinishi qandayligiga qiziqdim va bu yerga keldim", dedi tashrif buyuruvchilardan biri va u internetda ko‘rgan videoga to‘liq ishonmasligini qo‘shimcha qilgan.
Hayvonot bog‘ida suratga olingan videoni tomosha qilgan ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ayiqning oyoqlari shubhali darajada ozg‘in ekanligi va mo‘yna bilan qoplangan terida burmalar borligi haqida fikr bildirgan.
Hayvonot bog‘i xodimlari esa bu soxta ayiq emasligini, agar shunday bo‘lganda mo‘ynali ayiq kostyumini kiygan odam mintaqaning 100 daraja yozgi jaziramasida uzoq vaqt omon qolishi imkonsizligini aytdi.
Shuningdek, hayvonlar huquqlarini himoya qilish guruhi PETA esa ushbu voqeadan so‘ng barcha hayvonot bog‘i hayvonlari, shu jumladan ayiq Anjela ham "hayvonlarning farovonligini birinchi o‘ringa qo‘yadigan" yovvoyi tabiat qo‘riqxonalariga ko‘chirilishi kerakligini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Toko laqabli erkak o‘zini kuchukka aylantirgan.