Toşkentda transformatordagi tutaşuv oqibatida odam yonib ketdi (video)

3-sahifa

−

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrining Mirobod tumanidagi transformator punktida ta’mirlaş işlari vaqtida odam kiyimlari bilan birga yonayotgani aks etgan video tarqaldi. Uşbu hodisa “Parkwood” turar joy majmuasida sodir bölgani, şuningdek, ta’mirlaş işlarini olib borgan şaxs elektr ta’minoti korxonasi xodimi emasligi ma’lum böldi. Bu haqda Energetika vazirligi munosabat bildirdi.

Vazirlikning ma’lum qilişiça, Nukus köçasida joylaşgan transformator punktidagi holat “Toşkent şahar elektr tarmoqlari” hududiy filiali mutaxassislari hamda Özenergoinspeksiyaning Toşkent şahar hududiy boşqarmasi tomonidan örganilgan.

Örganişlar natijasida transformator punkti iste’molçining balansida ekani, ya’ni “Toşkent şahar elektr tarmoqlari” hududiy filiali va Mirobod tuman elektr ta’minoti korxonasiga tegişli emasligi aniqlangan.

Qayd etilişiça, hodisa transformator punktida ta’mirlaş işlari olib borilayotgan vaqtda fazalararo qisqa tutaşuv yuzaga kelişi oqibatida sodir bölgan. Ta’mirlaş işlarini olib borgan şaxs Mirobod tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimi hisoblanmaydi.

Energetika vazirligi hodisani “Toşkent şahar elektr tarmoqlari” hududiy filiali faoliyati bilan boğlovçi xabarlar haqiqatga mos emasligini bildirgan. Şuningdek, elektr qurilmalarida ta’mirlaş işlarini xavfsizlik talablari va qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda bajariş zarurligini eslatgan.

Vazirlikning rasmiy munosabatida videoda aks etgan şaxsning kimligi, uning fuqaro yoki qaysi taşkilot xodimi ekani, şuningdek, hozirgi ahvoli va jarohat olgan-olmagani haqida ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing