Britni Spirsning 14 oylik turmushi buzilyapti

Madaniyat-san’at

image

Dunyoga mashhur Amerikalik qo‘shiqchi Britni Spirs 14 oylik turmushidan so‘ng ajrashdi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Xonanda 2022 yil 9 iyun kuni Kaliforniyaning Thousand Oaks shahridagi uyida aktyor Asgari bilan turmush qurgan edi. To‘yda Selena Gomes, Dryu Berrimor, Perij Xilton va Madonna kabi mehmonlar qatnashgan. Ammo oradan bir yildan ortiqroq vaqt o‘tib, juftlik ajrashishga qaror qildi.

Bildirilishicha, aktyorlar kecha, 16 avgust kuni ajrashish haqidagi arizani sudga taqdim etgan. Ajrim sabablari va ishni qaysi okrug sudi ko‘rib chiqishi hozircha ochiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, pop yulduzi Britni model va aktyor Asgari bilan 2016 yilda “Slumber Party” qo‘shig‘i uchun videoklip suratga olish vaqtida tanishgan va uchrashishni boshlagan. Keyinchalik u Asgariga turmush qurish taklif qilgan va juftlik 2021 yilda unashtirilganini e’lon qilgandi. Bu nikoh 41 yoshli Spirs uchun uchinchi va 29 yoshli Asgari uchun birinchi turmush bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, gollivudning yulduzli juftligi Anjelina Joli va Bred Pitt 2016 yilda ikki yillik nikohdan va deyarli o‘n yillik munosabatlardan keyin ajrashdi. Shuningdek, o‘tgan yili iyun oyida “Barselona” himoyachisi Jerar Pike va taniqli xonanda Shakira ham ajrashgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Britni Spirs ajrashdi Xonanda Asgari Ajrim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing