Xonanda Sardor O‘rtachga sud hukmi o‘qildi
Madaniyat-san’at
−
26 fevral
35726Turkiyalik pop yulduzi Sardor O‘rtach kecha, 25 fevral kuni Istanbulning Chag‘layon adliya saroyida bo‘lib o‘tgan sud majlisida noqonuniy qimorni targ‘ib qilgani uchun 10 oy qamoq jazosiga hukm qilindi, shuningdek, 400 lira jarimaga tortildi. Bu haqda “Turkiye Today” xabar berdi.
Birinchi instansiya bo‘yicha 25-jinoyat sudi jazo ijrosini to‘xtatib, O‘rtachga shartli hukm chiqargan. Agar xonanda probatsiya muddati davomida boshqa huquqbuzarlik sodir etmasa, uning jazosi bekor qilinishi mumkin. Aksincha, agar u qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ysa, hukm to‘liq ijro etiladi.
Prokurorlar dastlab O‘rtachni “noqonuniy pul tikish va qimorni targ‘ib qilish” aybi bilan uch yilgacha qamoq jazosiga hukm qilishni talab qilgan edi. Sud esa qo‘shiqchiga nisbatan avval qo‘llangan sud nazorati choralarini bekor qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur ish Turkiyada noqonuniy qimor reklamasiga qarshi keng qamrovli tergov doirasida ko‘rib chiqilgandi. O‘rtach shu tergov doirasida aktyor Mehmet Ali Erbil, musiqachi Zorbey Erkoch, 19 million obunachisi bor bloger Ibrohim Yilmaz, rus-turk blogeri Aleksandr Mensikov va 1,3 million obunachiga ega Esma Sezen bilan birga uy qamog‘iga olingandi.
Uy qamog‘i chorasi qo‘llangandan so‘ng, O‘rtachning advokati Istanbul Oliy Jinoyat sudiga apellyatsiya bergan va sud yakuniy hukm oldidan uy qamog‘ini bekor qilgan.