“Qiynalib qolgan” Britni Spirs o‘tgan yili qancha pul ishlagani ma’lum bo‘ldi
Madaniyat-san’at
−
15 may
18499Ijtimoiy tarmoqlarda 42 yoshli pop yulduzi Britni Spirsning moliyaviy ahvoli bilan bog‘liq muammolar mavjudligi haqida mish-mishlar tarqalgandi. Ushbu gap-so‘zlarga aniqlik kiritish maqsadida “Daily Mail” nashri xonandaning o‘tgan yilda jamg‘argan pullarini hisobladi.
Nashrga ko‘ra, 2023 yilda qo‘shiqchining daromadi 40 million dollarni tashkil etgan. U konsert dasturlari va gastrol safarlaridan mo‘maygina pul ishlagan.
Shuningdek, qo‘shiqchining o‘tgan yili nashr etilgan avtobiografik kitobi uning moddiy barqarorligini ta’minlagan. U nashriyot bilan 15 million dollarlik shartnoma imzolagan. Ayni paytda Britni boshqa xonandalar uchun kompozitsion qo‘shiqlar yozish bilan ham shug‘ullanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bayden va uning rafiqasi 2023 yilda qancha daromad qilgani ochiqlangandi.
LiveBarchasi