Britaniyada Jeyms Bond sharafiga oltin tangalar zarb etildi

Madaniyat-san’at

image

Butun dunyoga super josus sifatida tanilgan aktyor Jeyms Bond faoliyatining 60 yilligini oltin tangalar to‘plami bilan nishonlamoqda. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Ushbu noyob quyma tangalar kolleksiyasi The Royal Mint – Britaniya tangalarini zarb qiluvchi rasmiy kompaniya tomonidan chiqarilgan. Seriyadagi yetti tanganing har biri Bondning kino san’atidagi faoliyatining har o‘n yilligini ifodalovchi o‘ziga xos dizaynga ega.

Xususan, 1960 yillarga bag‘ishlangan birinchi tangada “You Only Live Twice” filmidagi vertolyotda uchish sahnasi aks ettirilgan. Tanganing orqa fonida esa o‘sha o‘n yillikdagi Bond filmlarining sarlavhalari, shuningdek, mashhur 007 raqami va klassik qurol barrel naqshlari mavjud.

“Jeyms Bond 60 yildan ortiq vaqt davomida tomoshabinlarni o‘ziga jalb etgan Britaniyaning sevimli maxfiy agenti. Biz 007 ning sayohatini nishonlash uchun yangi kolleksiya tangalar assortimentini taqdim etayotganimizdan xursandmiz. Har bir tangada o‘sha o‘n yillikdagi filmlar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos dizayn bo‘ladi, bu bizning hunarmandlarimizning yillar davomida takomillashgan tanga yasash mahoratidan dalolatdir”, deydi The Royal Mint direktori Rebekka Morgan.

Hozircha maxsus tangalarning faqatgina bittasi taqdim etilgan. Boshqa tangalar dizayni esa hali e’lon qilinmagan. Hozircha bosib chiqarilgan birinchi tanganing oltin va kumush variantlari mavjud va ularning dastlabki narxi 14,5 funt sterling (18 AQSH dollari)dan boshlanadi.

“Yangi tangalarning 1 unsiya oltin va 1 unsiya kumush variantlari mavjud va eng yuqori xususiyatlarga ega bo‘lgan holda zarb qilingan”, dedi The Royl Mint qimmatbaho metallar bo‘yicha direktori Endryu Diki.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniyada marhum Qirolicha Yelizaveta II xotirasiga yetti mingta olmos bilan bezatilgan ulkan tanga yaratilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Britaniya tangalar Jeyms Bond josus 007

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made