Yangi Jeyms Bond rolini kim öynaşi ma’lum böldi
Madaniyat-san’at
−
21:58 365 2 daqiqa
Amazon MGM studiyasi 007-agent Jeyms Bond rolining yangi ijroçisini tanladi. U britaniyalik aktyor Robert Pattinson böladi. Bu haqda loyihaning rasmiy X sahifasida xabar berildi.
Qayd etilişiça, rol uçun nomzodi körib çiqilgan aktyorlar orasida Joş O'Konnor, Tom Frensis, Aaron Teylor-Jonson, Xarris Dikinson va Garri Stayls ham bölgan. Bond haqidagi yangi filmga Deni Vilnyov rejissyorlik qiladi, ssenariyni esa “Ötkir soyabonlar” muallifi Stiven Nayt yozadi.
Avvalgi Jeyms Bond Deniyel Kreyg bölib, u 2006 yildan (“Royal kazinosi”) 2021 yilgaça (“Ölim vaqti emas”) çiqqan barça filmlarda 007-agent rolini ijro etgan. Kreyg iştirokidagi sönggi film çiqqanidan söng, franşiza prodyuserlari Maykl Uilson va Barbara Brokkoli uning nazoratini 20 million dollarga Amazon MGM kompaniyasiga topşirgan.
Yan Fleming tomonidan yaratilgan Britaniya Maxfiy razvedka xizmatining 007-agenti rolini rasmiy filmlar turkumida jami olti nafar aktyor ijro etgan: Şon Konneri, Jorj Lezenbi, Rojer Mur, Timoti Dalton, Pirs Brosnan va Deniyel Kreyg.
Londonda tuğilgan 40 yoşli Robert Pattinson “Sumerki” filmlarida vampir Edvard Kallen rolini öynaganidan söng keng şuhrat qozongan. U, şuningdek, “Garri Potter va Olov kubogi”, “Mayoq”, “Odisseya” kartinalarida suratga tuşgan va Mett Rivzning 2022 yilgi şu nomli filmida Betmen rolini ijro etgan.
Live
Barchasi