Jeyms Bond haqidagi yangi film premerasi uchinchi marta qoldirildi

Madaniyat-san’at

image

Britaniya razvedkasining josusi Jeyms Bond haqidagi navbatdagi “O‘lishning mavridi emas” filmi premerasi yana qoldirildi. Bunga koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab bo‘lgan, deyilgan Jeyms Bondning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy akkauntida

Dastlab film 2020 yilning boshlarida chiqadi deb taxmin qilingan, keyin esa premera noyabrga qoldirilgan. 

Manbaga ko‘ra, keyinchalik, 2021 yilning apreliga mo‘ljallangan premera yana qoldirildi. Endi film katta ekranlarga joriy yilning 8 oktyabrida chiqadi.

Qayd etilishicha, britaniyalik aktyor Deniel Kreyg “O‘lishning mavridi emas” filmida so‘nggi marta 007 rolini o‘ynaydi.

Filmning rejissyori Keri Fukunaga, filmda asosiy yovuz obrazni Rami Malek gavdalantirgan. Shuningdek, filmda fransuz aktrisasi Lea Seydu, Kristof Vals, Ana de Armas va Ben Uishou kabi aktyorlar rol ijro etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jeyms Bond

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing