Buyuk Britaniya “Jeyms Bond” ishqibozlari uchun kutilmagan sovg‘a tayyorladi
Madaniyat-san’at
−
03 mart 2020
8995Buyuk Britaniyaning Qirollik zarbxonasi "Jeyms Bond" filmining yangi namoyishi arafasida yetti kilogrammlik oltin tanga chiqardi. Bu haqida “Sky News” telekanali xabar bermoqda.
9 ming AQSH dollari qiymatidagi tangada agentning BMT 216A raqamli Aston Martin DB5 mashinasi va uning to‘pponchasi tasvirlangan. 185 mm diametrli banknot "Britaniya zarbxonasining ming yillik tarixidagi eng katta tanga", deb hisoblanmoqda.
"Menda Bond to‘g‘risida tanga yaratish imkoniyati paydo bo‘lishi bilan, bu taklifni darhol qabul qildim. Men uchun juda katta sharaf va o‘ylaymanki, bu mening eng omadli loyihamdir”, dedi dizayner Laura Klensi.
Bond filmlarining ishqibozlari, shuningdek, narxi 2,6 ming dollar turuvchi “cho‘ntakbop” tilla tangalarni ham sotib olishlari mumkin.
Kecha, 2 mart kuni Buyuk Britaniyada namoyish etiladigan Bond haqidagi yangi film - "O‘lishga vaqt yo‘q" kartinasi Britaniya maxfiy razvedka xizmatining mashhur agenti MI6 haqida beshta filmda rol o‘ynagan 52 yoshli aktyor Deniyel Kreyg uchun so‘nggi bondian filmi bo‘ladi. U aktyor sifatida Bond rolini ko‘p ijro etish bo‘yicha Rojer Mur rekordini yangiladi.
"Doktor Nou" deb nomlangan 007 agentining sarguzashtlari haqidagi ilk film 1962 yilda chiqqan edi. Oxirgi film esa Sem Mendes rejissyorligi ostida “007: Spektr” bo‘ldi.
LiveBarchasi