BRICS'ga hamkor davlatlar yana bittaga ko‘paydi
Olam
−
18 yanvar
6580Nigeriya BRICS'ga hamkor davlat sifatida qo‘shilgan to‘qqizinchi davlatga aylandi. Bu haqda Braziliya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
“Braziliya hukumati BRICS'ga vaqtinchalik raislik doirasida 17 yanvar kuni Nigeriyani guruhning hamkor-mamlakati sifatida rasman qabul qilganini e’lon qiladi. Braziliya hukumati Nigeriya hukumatining qarorini olqishlaydi”, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, aholi soni bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinda va Afrika qit’asida 1-o‘rinda bo‘lgan Nigeriya guruhning boshqa a’zolari bilan yaqin manfaatlarga ega bo‘lib, global janubda hamkorlikni mustahkamlash va isloh qilishda faol harakat qilmoqda.
Shunday qilib, Nigeriya, Belarus, Boliviya, Kuba, Qozog‘iston, Malayziya, Tailand, Uganda va O‘zbekistondan keyin to‘qqizinchi BRICS hamkor davlatiga aylandi.
Ma’lumot uchun, BRICS birlashmasi 2006 yilda tashkil etilgan. Hozirda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Misr va Efiopiya uning a’zolaridir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston 2025 yil 1 yanvardan rasman BRICS'ning hamkor davlati bo‘lishi haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar