Bozordagi janjal, javobgarlikka tortilgan Atamboyeva, byudjetdan o‘marilgan pullar va boshqa xabarlar
Jamiyat
−
16 avgust 2019
480816 avgust sanasi ham yakuniga yetyapti. Quyida bugunning eng muhim xabarlari bilan qisqacha tanishing.
IIBB ko‘chada qoldirilgan qutilar bo‘yicha ma’lumot berdi
Avvalroq, Toshkent shahri Mirobod tumani “Grand Mir” mehmonxonasi yaqinida noma’lum shaxs tomonidan qog‘oz quti tashlab ketilgani, voqea joyiga IIV, FVV, SSV va Milliy gvardiya xodimlari yetib kelgani haqida xabar bergan edik.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur noma’lum qog‘oz quti haqida ma’lumot berdi.
Rossiya AQSHdan uzoqlashishda davom etyapti
AQSH G‘aznachiligi mamlakatning davlat qimmatli qog‘ozlariga xorijiy investitsiyalar to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlarni e’lon qildi, deya xabar bermoqda “EurAsiaDaily”. May oyi bilan taqqoslaganda, iyun oyida Rossiya investitsiyalarni qisqartirishni davom ettirdi va hozirda ular $ 10, 884 milliardni tashkil qilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi vazirligining ikki hisobchisi davlat mablag‘larini o‘zlashtirgan
Tojikiston qishloq xo‘jaligi vazirligining "Yangi navlarni sinash va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlat komissiyasi" davlat muassasasi buxgalterlari davlat mablag‘larini o‘zlashtirdi.
2017 yil yanvaridan 2019 yil mayigacha ushbu bo‘limda ishlagan Mavluda Kushokova va Manija Maxmadshoyeva hujjatlarni qalbakilashtirish orqali 96 ming somoniydan ko‘proq mablag‘ni o‘zlashtirgan.
Elektr energiyasi uchun uch xil narx o‘rnatish rejalashtirilyapti
O‘rnatilayotgan yangi elektr energiya hisoblagichlar ko‘p tarifli tizimga ega. Jumladan, ularni kun vaqtiga qarab, elektr energiyasi hisobini yuritish uchun ishlatilishi mumkin. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ammo hozircha bu tizim O‘zbekistonda joriy qilinmagan. Negaki, mazkur bosqichda “tungi” va “kunduzgi” tariflarni joriy etish yo‘lida jiddiy bir muammo bor. Bu esa elektr energiyaning yetkazib berilishi bilan bog‘liqdir.
IIV kecha Toshkentda nima bo‘lganini ochiqladi
Avvalroq, Toshkent shahri Mirobod tumani “Grand Mir” mehmonxonasi yaqinida noma’lum shaxs tomonidan qog‘oz quti tashalb ketilgani, voqea joyiga IIV, FVV, SSV va Milliy gvardiya xodimlari yetib kelgani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat bo‘yicha IIV rasmiy xabar berdi.
Unda kecha, 15 avgust kuni soat 18:15lar atrofida Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati xodimlari Mirobod tumanining Mirobod ko‘chasidagi ko‘p qavatli uy oldida shubhali bir necha qog‘oz qutilari yotganligini aniqlab, Mirobod tumani 2-sonli Ichki ishlar bo‘limiga xabar bergani qayd etilgan.
O‘zbekistonlik terakt uyushtirishda gumonlanyapti
O‘zbekiston fuqarosi Shvetsiyada terakt uyushtirishda gumonlanyapti. O‘zbekistonlik mamlakat markazidagi Ertersund shahrida qo‘lga olingan. “Ertersund politsiyasi tomonidan hibsga olingan va terrorchilik akti uyushtirishda gumonlanayotgan shaxs o‘zbek”, deyiladi xabarda.
Atamboyevning rafiqasi ham jinoiy ish figuranti bo‘ldi
Qirg‘izistonnng sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevning turmush o‘rtog‘i Raisa Atamboyevaga nisbatan jinoyat ishi ochilyapti. Bu haqda uning o‘zi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosi oldida ma’lum qildi. U yerda Almazbek Atamboyevga ehtiyot chorasi qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Kollej direktori o‘rinbosari 1000 dollar pora bilan ushlandi
Surxondaryoda kollejga o‘qishga kiritishni va’da qilib, evaziga 9 mln so‘mga yaqin pul olgan o‘quv muassasasi direktori o‘rinbosari qo‘lga olindi.
Sariosiyo tumani Agrosanoat kasb-hunar kolleji direktori o‘rinbosari I.M. ushbu kollejga o‘qishga joylashtirish hamda kelgusida tanishlari orqali tumandagi Pedagogika kasb-hunar kollejiga o‘qishni ko‘chirtirib berish evaziga fuqaro N.N.dan 8 mln 700 ming so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Prokurorlar benzin sotish, sigaret kontrabandasi va boshqalarda ayblanyapti
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov "o‘z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagani uchun" degan yozuv bilan prokurorlar Bayjan Bayjanov va To‘ymirat Yegenovni ishdan bo‘shatdi.
Lebap viloyatining Koytendag tumani prokurori lavozimini egallab turgan Boyjonov kommunal xizmatga tegishli beshta uyni o‘zi va qarindoshlari uchun o‘zlashtirgan. Shuningdek, u tumanning qishloq xo‘jaligiga tegishli uchta “Belorus” traktorini xususiy shaxsga arzon narxda sotib yuborgan. Uskunalarning xaridorlari Bayramali shahrida yashovchi prokurorning qarindoshlari bo‘lgan.
IIV: qochib ketgan mahbus qidirilyapti
Ijtimoiy tarmoqlarda 51-son manzil-koloniyasida mahkumlarning oyligidan ushlab qolinayotgani haqida tarqatilgan xabar O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
Ma’lum bo‘ldiki, Toshkent shahrida joylashgan 51-son manzil-koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarni foydali mehnatga jalb etish maqsadida “UY JOY QURILISH” MCHJ bilan pudrat shartnomasi tuzilgan.
Dunyoning eng yirik qurol savdogari qo‘lga olindi
Portugaliyaning Evora okrugida belgiyalik qurol savdogari Jak Mese qo‘lga olindi.
Jak Mese – dunyodagi eng yirik qurol savdogarlaridan biri. 2017 yilda u urushuvchi mamlakatlarga noqonuniy o‘qotar qurollar, o‘q-dori, tank, vertolyot va boshqa harbiy uskunalar yetkazib bergani uchun sudlangan. O‘shanda u uch yil qamoq va 300 ming yevro jarima jazosi tayinlangandi.
Dehqon bozorida ayollar nega janjal ko‘tardi? (video)
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Oqqo‘rg‘on tumani markazidagi dehqon bozorida yuz bergan janjal videosi tarqaldi.
Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, vaziyat ichki ishlar organlari hamda hokimlik mas’ullari tomonidan qat’iy nazoratga olingan. Organ xodimlari va savdogarlar o‘rtasidagi bahsli holat bo‘yicha tuman hokimligi mas’ullari ishtirokida maslahatlashuv o‘tkazildi.
XTV tizimida qancha mablag‘ noqonuniy sarflangani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan joriy yilning I yarim yilligida olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida ayrim byudjet muassasalari tomonidan byudjet mablag‘larini sarflanishida tizimli ravishda byudjet qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilayotgani aniqlandi.
LiveBarchasi