Boylar va kambag‘allarga boshqa-boshqa vaksinalar berilyaptimi?

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, bugun O‘zbekistonga 660 ming doza AstraZeneca vaksinasi olib kelindi. Gap shundaki, O‘zbekistonga Hindistondagi kompaniyada ishlab chiqarilgan vaksina olib kelindi. Bu orada boy va kambag‘allarga boshqa-boshqa vaksinalar tarqatilyapti degan ma’lumotlar tarqaldi.

“O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat, vaksinatsiya jarayonlariga tayyorgarlik” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Munir Mamedzade bu masalaga aniqlik kiritdi.

“Shu kungacha jahon miqyosda 28 million doza vaksina tarqatildi. Ularning aksariyati Koreya va Hindistonda ishlab chiqarilgan. Global dastur doirasida 190 ta mamlakat qamrab olingan. Ushbu 190 davlat ichidan 98 tasi o‘zlari buyurtma berib olmoqda. Boylar boshqa vaksina, kambag‘allar esa boshqa vaksina olyapti degan ma’lumotlar yolg‘on.

Bugun O‘zbekistonga COVID-19 ga qarshi vaksina keltirilgani — butun dunyoda vaksinalarni odilona taqsimlashga erishish yo‘lidagi tarixiy qadam deyish mumkin. Ularga teng ega bo‘lish pandemiyani to‘xtatishda o‘ta muhim, shu bois vaksinalarga hamma ega bo‘lishini ta’minlashimiz zarur”, dedi Munir Mamedzade.

U OAVga murojaat qilib, vaksinatsiya masalasini xolis yoritib borish — jamoaviy majburiyat ekanini ta’kidladi. 

"Dezinformatsiya hech narsaga yordam bermaydi. Emlash ko‘p sonli aholining hayotini saqlab qoladi. Dezinformatsiya esa inqirozli holatni davom ettiradi", dedi Mamedzade.

Avvalroq, O‘zbekistonga olib kelingan AstraZeneca vaksinasi 70 foiz samaradorlikka egaligi ma’lum qilingandi. Ammo JSSTning O‘zbekistondagi vakili vaksina koronavirusdan mutlaq himoyani ta’minlamasligini qo‘shimcha qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AstraZeneca

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing