Ozarbayjonga atalgan AstraZeneca vaksinasi O‘zbekistonga olib kelindi
Jamiyat
−
16 iyul 2021
7027Ozarbayjon O‘zbekistonga 50 ming doza AstraZeneca vaksinasini taqdim etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘likni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magi bilan COVAX global tashabussiga ko‘ra, Ozarbayjon uchun mo‘ljallangan 50 ming doza AstraZeneca vaksinasi Toshkentga keltirildi.
Qayd etilishicha, hozirda O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 7 million 580 ming dozaga yetgan.
Aytish joizki, aprel oyida COVAX dasturi doirasida mamlakatga 660 ming doza AstraZeneca vaksinasi keltirilgan edi.
Avvalroq, O‘zbekistonga Rossiyadan “Sputnik V” vaksinasining 70 ming dozalik 1-komponenti, 20 ming dozalik 2-komponenti olib kelingani haqida xabar bergandik.
Ma’lumot o‘rnida, aprel oyida “Sputnik V” vaksinasining 100 ming dozasi keltirilgan edi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent), 1 iyun “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi kuni 70 ming dozalik 1-komponenti, 10 iyunda 70 ming dozalik 2-komponenti, 5 iyul kuni esa 40 dozalik 1-komponenti keltirilgan edi.
Shunday qilib, O‘zbekistonning “Sputnik V” vaksinasi zaxirasi 370 ming dozaga yetdi.
Jami vaksina zaxira 7 million 530 ming dozani tashkil qilmoqda. Ulardan 660 ming dozasi AstraZeneca, 6,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidir.
LiveBarchasi