Vazirlik emlashdan keyingi jiddiy reaksiyani ma’lum qildi

Salomatlik

image

O‘zbekistonning Innovatsion rivojlanish vazirligi emlangandan keyin kuzatilishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy reaksiya anafilaksiya ekanini ma’lum qildi.

“Emlashdan keyingi eng jiddiy reaksiyalardan biri anafilaksiya bo‘lib, aynan emlangan vaksinani keyingi dozalarini qo‘llash mumkin bo‘lmagan yagona holatdir.

Ko‘pchilik shunga o‘xshash qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar, jumladan og‘ir, o‘tkir yuqumli kasalliklar (masalan, nafas yo‘llarining o‘tkir infeksiyalari) yoki steroidlar bilan davolash kurslari vaqtinchalik holatlar bo‘lib, keyinroq emlashlarni o‘tkazish mumkin”, deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlikka ko‘ra, bu qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar shartli yoki vaqtinchalik hisoblanadi. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlardan farqli ravishda, ehtiyot choralari deyilganda emlashdan keyin paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan no’jo‘ya ta’sirlar yoki emlanuvchining ayni vaqtdagi holatida emlash o‘tkazish yo o‘tkazmaslikdan ko‘ra qanchalik xavfsiz ekanligini aniqlash muhimdir (asosan homilador ayollar yoki immunetiti pasayganlar nazarda tutilmoqda).

Ehtiyot choralari qo‘llash mumkin bo‘lmagan holat hisoblanmaydi. 

“Ba’zi hollarda vaksina preparatlari eslatma varaqalarida ko‘rsatilgan ehtiyot choralari qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar sifatida noto‘g‘ri tushiniladi bu esa, emlashni o‘z vaqtida o‘tkazilishini orqaga suradi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda joriy yilning 1 aprelidan koronavirusga qarshi keng ko‘lamli emlash jarayoni boshlangan. Hozirgacha mamlakatda 528 751 kishi vaksinaning birinchi dozsi bilan emlangan. Emlash jarayonlarida AstraZeneca va ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasidan foydalanilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

emlash vaktsina AstraZeneca

Baholaganlar

527

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made