O‘zbekistonda bolalar nega COVID-19 ga qarshi emlanmayapti?

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 1 aprelidan O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash ishlari boshlandi. Dastlab 65 yoshdan kattalar va bevosita koronavirusni yuqtirib olishi mumkin bo‘lgan tibbiyot xodimlari vaksina bilan emlanyapti.

Ammo virusning yangi shtammlari uchun “nishon”ga aylanayotgan bolalarni emlash hamon boshlanmagan. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati  rahbari o‘rinbosari Botir Qurbonov bolalar nega emlanmayotganiga izoh berdi.

“Bolalar o‘rtasida ham kasallanish holatlari kuzatilayotgan bo‘lsa-da, dunyo olimlari, nufuzli ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan yaratilayotgan vaksinalar bolalar o‘rtasida foydalanish mumkinligi hozircha tasdiqlanmagan.

Ayni paytgacha tayyor bo‘lgan yoki JSST tomonidan favqulodda holatlarda foydalanishga ruxsat etilgan vaksinalar bilan bolalarni emlash hozircha ko‘zda tutilmagan. Shuning uchun 1 apreldan boshlangan emlash tadbirlarida 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni emlashga tavsiya etilmayapti”, deygan Qurbonov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 3 aprel holatiga 83623 nafarni tashkil qilyapti. Bemorlarning 81629 nafari sog‘aygan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga aholini emlash uchun COVAX dasturi orqali 660 ming doza AstraZeneca vaksinasi, 27 mart kuni 1 million dozada ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelingan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina AstraZeneca

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing