Bosh vazir koronavirus bo‘yicha shtab tarkibini tasdiqladi

Olam

image
Ichki xotirjamlik: TIV Xitoydagi o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi north_east

Ichki xotirjamlik: TIV Xitoydagi o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi

Rossiya Federatsiyasi Bosh vazir Mixail Mishustin ikki kun ichida Rossiyada haligacha aniqlanmagan koronavirus infeksiyasining oldini olish rejasini ishlab chiqishni buyurgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 29 yanvar kuni RF Bosh vaziri Mixail Mishustin yangi koronavirusning Rossiyaga kirishi va tarqalishidan ogohlantiruvchi tezkor shtabning tarkibini tasdiqladi. Tegishli hujjat Hukumat portalida e’lon qilindi.

Shtabga Bosh vazir o‘rinbosari, ijtimoiy masalalarga mas’ul Tatyana Golikova rais bo‘ldi.

Shtabga shuningdek, Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy,Veterinar va fitosanitar nazorat bo‘yicha federal xizmat rahbari Sergey Dankvert, FVV rahbari Yevgeniy Zinichev, Hukumat apparati rahbari o‘rinbosari Leonid Levin, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Morgulov, Tashqi razvedka xizmati direktor o‘rinbosari Andrey Moryakov, Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko va “Aeroflot” aviakompaniyasi bosh direktori Vitaliy Savelev kiritildi.

Ma’lumot uchun, Xitoyning Uxan shahrida paydo bo‘lib, dunyoga tarqalayotgan yangi 2019-nCoV koronavirusidan bugungacha 132 kishi halok bo‘ldi. Xitoyda ushbu virusga chalinganlar soni 5974 nafarni, dunyoda esa 6062 nafarni tashkil etyapti.

Virus Kamboja, Gongkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Vetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Germaniya, Avstraliya, BAA va Malayziyaga kirib bordi.

Avstraliyada yangi koronavirus laboratoriya usulida kashf qilindi. U kasallikni o‘rganishga yordam berishi taxmin qilinyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya virus

Baholaganlar

162

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing