Bosh muftiyga pichoq bilan hujum qilgan yigit 26 yilga qamaldi

Olam

image

Avvalroq, Tojikistonda mamlakat bosh muftiysi Abdulqodirzoda Saidmukarramga pichoq bilan hujum uyushtirilgani haqida xabar bergan edik. Oqibatda muftiy yaralangan, biroq uni shifoxonaga yotqizish talab qilinmagandi. Hujum qilgan shaxs esa qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoiy ish ochilgandi. Yigit 26 yilga qamaldi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.

Abdulqodirzoda Saidmukarram joriy yilning 7 fevraldagi juma xutbasida hujumchining 26 yillik qamoq muddatini tilga olgan, biroq keyinroq “Asia-Plus”ga bergan intervyusida tafsilotlarni aytishdan bosh tortgan. U o‘z va’zida bu yigitning “adashgani, aldangani va nima qilganini tushunmaganini” aytdi.

“U kelib, namoz o‘qidi, namozdan so‘ng barchaga, shu jumladan, unga ham omonlik tiladim. Lekin, masjiddan chiqqandan keyin menga hujum qildi”, deya eslaydi muftiy.

Tojikiston Oliy sudi bu ish bo‘yicha hukm chiqarilganini tasdiqladi, biroq u hali qonuniy kuchga kirmaganini bahona qilib, tafsilotlarni berishdan bosh tortgan. Ikki manbaning “Asia-Plus”ga ma’lum qilishicha, mamlakat muftiysiga hujumda ayblangan uch kishi sudlangan, asosiy gumondor 26 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Manbalar qolgan ikki sudlanuvchiga nisbatan chiqarilgan hukm tafsilotlarini oshkor qilishdan bosh tortgan. Ularning shaxsi, xususan, hujumni amalga oshirgan yigit haqida kam ma’lumot mavjud. Uning otasi maktab o‘qituvchisi, onasi esa maktab farroshi bo‘lgan. Yigit jinoyatni sodir qilganda 24 yoshda va talaba bo‘lgan.

Avvalroq matbuot anjumanida Abdulqodirzoda Saidmukarram unga pichoq bilan hujum qilgan yigit ekstremizmda ayblanayotganini ma’lum qilgandi. Muftiy bu jinoyatni “ekstremistik guruh a’zosi” sodir etganini qisqacha aytib o‘tgan, biroq ayblovga aniqlik kiritmagan.

Ma’lumot uchun, voqea 2024 yilning 11 sentyabr kuni Dushanbe markaziy masjidi yonida ro‘y bergan. Noma’lum shaxs Abdulqodirzoda Saidmukarramga pichoq bilan hujum qilgandi, oqibatda muftiy peshonasidan yaralangandi.

Tojikistonda sobiq tashqi ishlar vaziri 27 yilga qamaldi north_east

Tojikistonda sobiq tashqi ishlar vaziri 27 yilga qamaldi

Shundan so‘ng Ichki ishlar vazirligi bir kishi bezorilik niyatida muftiyga pichoq bilan hujum qilib, jamoat tartibini buzganini ma’lum qildi va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Biroq IIV uning ismi-sharifi va qaysi moddada ayblanayotganini oshkor qilmadi. Oradan bir oydan ko‘proq vaqt o‘tib – o‘tgan yilning 17 oktyabr kuni Abdulqodirzoda “bu yigit ekstremist bo‘lgan” deya ish yuzasidan izoh bergandi. 61 yoshli muftiy Tojikiston Ulamolar kengashini 2010 yilning oktyabridan buyon boshqarib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Istanbulning Fotih tumanidagi masjidga tashrif buyurganlardan biri imom va ibodatchilardan biriga pichoq bilan hujum qilgandi. Hodisa namoz vaqtida jamoat a’zolaridan biri masjid ichida o‘zini provokatsion tuta boshlaganida sodir bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Oliy sud muftiy Abdulqodirzoda Saidmukarram

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing