Borrelning Xitoyga safari qoldirildi

Olam

image

Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Jozep Borrelning Xitoyga oldindan rejalashtirilgan safari bekor qilindi, chunki unda koronavirus aniqlandi. Bu haqda u o‘zining Twitter'dagi sahifasida yozdi.

“Menda koronavirus uchun test ijobiy chiqdi va shuning uchun, afsuski, Xitoyga tashrifimni kechiktirishga majburman”, deyiladi Borrelning postida.

Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rasmiy vakili Nabil Massralining so‘zlariga ko‘ra, Borrel 13-15 aprel kunlari Xitoyga borishni niyat qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5-7 aprel kunlari Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Pekinga borib, XXR raisi Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazgandi. 13-15 aprel kunlari esa Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Xitoyda rasmiy tashrif bilan bo‘lishi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Xitoy Borrel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing