Boris Jonson farzandli bo‘ldi
Olam
−
29 aprel 2020
7330Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson va uning turmush o‘rtog‘i Kerri Simonds o‘g‘il farzandlik bo‘ldilar. Bu haqda “BBC News” xabar bermoqda.
Simonds 29 aprel kuni Londondagi klinikada o‘g‘il tug‘di. Bosh vazirning matbuot kotibining aytishicha, ona va bola yaxshi ahvolda. Er-xotin shifokorlarga yordamlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Jonson 55 yoshda. Yangi tug‘ilgan chaqaloq uning oltinchi farzandi bo‘ldi. Amaldagi Bosh vazir oxirgi marta o‘n yil oldin farzand ko‘rgandi.
Eslatib o‘tamiz, Boris Jonson yaqinda koronavirusdan sog‘ayib chiqdi. U 27 mart kuni u ijtimoiy tarmoqlarda uning COVID-19 yengil alomatlari borligi va u o‘zini izolyatsiya qilgani va masofadan turib ishlashni davom ettirgani haqida xabar bergan. 5 aprel kuni Jonson harorat ko‘tarilishi sabab shifoxonaga yotqizildi. 6 aprel kuni uning ahvoli yanada yomonlashdi va uni intensiv terapiyaga o‘tkazishdi. Jonsonga 12 aprelda shifoxonadan javob berildi.
LiveBarchasi