Boris Jonson yana Britaniya bosh vaziri bo‘lishi mumkin
Olam
−
11 dekabr 2023
6812Boris Jonson bir guruh konservativ deputatlar rejasi ortidan yana Britaniya bosh vaziri bo‘lishi mumkin. Bu haqida “Daily Mail” xabar berdi.
Xabar qilinishicha, Rishi Sunakka qarshi bo‘lgan Tori a’zolari Suella Bravermanning Ichki ishlar vaziri lavozimidan chetlatilishi va immigratsiya siyosati bo‘yicha kelishmovchiliklardan so‘ng, Britaniya Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Robert Jenrikning iste’fosi ortidan Bosh vazir mavqeini beqarorlashtirishga urinmoqda.
"Boris Jonson Tori deputatlari tomonidan ishlab chiqilgan hayratlanarli rejaga muvofiq bosh vazir lavozimiga qaytishi mumkin - hatto Nayjel Faraj bilan siyosiy ittifoq ham ko‘rib chiqilmoqda", deb yozadi nashr.
Deputatlar Jamoatlar palatasida ovoz berish jarayonini o‘zgartirish niyatida. Dauning-strit esa hukumat a’zolarining iste’foga chiqishiga hozirlik ko‘rmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, ko‘pchilik "tori"lar faqat sobiq bosh vazirning qaytishigina o‘z partiyasini saylovlardagi mag‘lubiyatdan qutqaradi, deb hisoblaydi.
Jonsonning matbuot kotibi Faraj bilan hamkorlik qilish rejalari borligini rad etdi. Unga yaqin manbaning aytishicha, ikki siyosatchi o‘rtasidagi har qanday kelishuv “ko‘z yoshlar” bilan yakunlanadi.
Avvalroq "Redfield & Wilton Strategies consulting" kompaniyasi so‘rov o‘tkazgan edi, unga ko‘ra Buyuk Britaniyaning hukmron Konservativ partiyasi reytingda muxolifatdagi Leyboristlar partiyasidan 19 foizga ortda qolmoqda.
Leyboristlar natijalari avvalgi so‘rovga nisbatan o‘zgarmadi, konservatorlar yana uch ochko ortda qoldi.
Konservativ partiyani qo‘llab-quvvatlash ichki ishlar vaziri Suella Bravermanning ishdan bo‘shatilishi, Vazirlar Mahkamasidagi o‘zgarishlar va muhojirlarni Ruandaga deportatsiya qilish rejasi bo‘yicha qaror qabul qilinishi ortidan mart oyidan beri so‘rovlarda eng past darajaga tushib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning noyabr oyida Britaniya Tashqi ishlar vaziri Ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlangan edi.
LiveBarchasi