Boris Jonson yana saylovda qatnashadi
Olam
−
13 mart
4410Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson mamlakat Konservativlar partiyasining umumiy parlament saylovida qatnashishi mumkin. Bu haqda "Times" nashri xabar berdi.
Jonsonning ittifoqchilari va hukumatdagi yuqori martabali amaldorlar Jonsonning umumiy saylovda muhim rol o‘ynashini aytib o‘tgan. Qayd etilishicha, sobiq bosh vazir saylov okruglariga tashrif buyuradi, nutq so‘zlaydi va qator chiqishlar qiladi.
Shuningdek, Jonsonning amaldagi Bosh vazir Rishi Sunak bilan munosabatlari ham yaxshi ekanligi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Jonson 2019 yil iyul oyida Konservativlar partiyasi saylovida g‘alaba qozonganidan so‘ng, bosh vazir lavozimini egallagan edi. 2022 yil iyul oyida u bir qator mojarolar tufayli iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Jonson bir guruh konservativ deputatlar rejasi ortidan yana bosh vazir bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergandik.
Madina Otaboyeva
LiveBarchasi