Medvedev Jonsonni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yuborishni taklif qildi
Olam
−
16 iyul 2023
11099Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Ukrainani NATOga qabul qilishni taklif qilgan Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonsonning ruhiy salomatligiga shubha bilan qarashligini aytdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
"Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Jonson Ukrainani NATOga hech qanday shartlarsiz qabul qilishni taklif qildi. U nafaqadagi ahmoq, psixiatriya shifoxonasiga shart-sharoitsiz qabul qilinadi”, deb yozgan Medvedev.
Shuningdek, u rus shoiri Vladimir Visotskiyning “Kanatchikning yozgi uyidan” she’ridan parcha keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri Boris Jonson Ukraina NATOga hech qanday shartlarsiz qabul qilinishi kerakligini, Rossiya Ukrainani o‘z ta’sir doirasiga qaytarish imkoniyati mavjud deb hisoblar ekan, bunga harakat qilaverishini ta’kidlagan.