“Bor ekanda, yo‘q ekan...” Yangi neyron xizmati ishga tushdi
Texnologiya
−
26 avgust 2023
6721Endi “Qunduz bobo ertaklari”ga hojat yo‘q. “Huggingface” platformasi rasm yuklaganda 30 soniyada suratga asoslanib, hikoya yozib beruvchi neyron tarmog‘ini ishga tushirdi.
Yangi hikoyaga ega bo‘lish uchun tarmoqqa shunchaki suratni joylash kifoya. So‘ngra foydalanuvchi hikoyaning auditoriyasini tanlashi kerak. Buning uchun tarmoq sahifasida “Bolalar” va “Kattalar” bo‘limlari mavjud. Tarmoq qisqa vaqt ichida matn yaratib beradi. Neyron hikoya xizmatidan foydalanish tekin, ammo u hozircha faqatgina ingliz tilida ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, sun’iy intellekt yozuvchilar nomidan soxta kitoblar yozib, ularni Amazon onlayn savdo platformasida sota boshladi.