Bolalar ombudsmani yolg‘on axborot tarqatishda ayblandi
Jamiyat
−
10 mart
14132Avvalroq, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati QALAMPIR'UZ ga Yakkabog‘ tumanidagi 80-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari kaltaklanishi bo‘yicha rasmiy ma’lumot bergan edi. Keyinroq Bolalar Ombudsmani ham holat yuzasidan munosabat bildirib chiqdi.
Bugun, 10 mart kuni Boshqarmaning qayd etishicha, Bolalar ombudsmani 2023 yilda tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda yaqinda tarqalgan videoni joriy yilga aloqador, deb baholagan. Shundan so‘ng, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari orasida go‘yoki Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi yolg‘on axborot bergandek taassurot paydo bo‘lgan.
Shuningdek, boshqa bir qator nashrlar ham Bolalar ombudsmani bergan rasmiy munosabatga tayanib, videodagi holat 2024 yil 13 yanvarda sodir bo‘lganini yozgan.
“Yuqoridagilardan kelib chiqib, to‘liq o‘rganilmagan, yolg‘on ma’lumotlar tarqatilishi yoki tashkilot tomonidan berilgan rasmiy munosabatni keng jamoatchilik, aholi o‘rtasida noto‘g‘ri talqin qilinishi oqibatida fuqarolarda Maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga bo‘lgan ishonchsizlik ortishi mumkin”, deyiladi munosabatda.