Samarqandda buvi o‘z nevaralarini ayovsiz kaltakladi (video)
3-sahifa
−
15:38 2923 1 daqiqa
Samarqand shahrida 7 nafar nabirasiga zo‘ravonlik qilgan 61 yoshlik buvining ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videosi yuzasidan tekshiruv ishlari boshlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar qildi.
Aniqlanishicha, Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi 1965 yilda tug‘ilgan B.M. ismli ayol o‘z vasiyligida bo‘lgan 7 nafar voyaga yetmagan bolaga (nevaralari) jismoniy va ruhiy tazyiq o‘tkazib kelgan.
Ombudsmanga ko‘ra, mazkur holat nazoratga olingan bo‘lib, IIV tomonidan zo‘ravonlikdan himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash maqsadida bolalarga himoya orderi taqdim etilgan hamda Fuqaro B.M. ni bolalarga vasiyligi bekor qilinib, ular oilaviy bolalar uyiga joylashtirilgan.
Bildirilishicha, bolalarga nisbatan noqonuniy harakatlar yuzasidan Samarqand shahar IIB tomonidan hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumanida 41 yoshli ona o‘z bolasini 10 000 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olingan edi.
Live
Barchasi