Konstantinovka bo‘yicha da’vo Rossiyaning navbatdagi yolg‘oni – Zelenskiy
Olam
−
04 iyul 5232 2 daqiqa
Avvalroq, Rossiya Mudofaa vazirligi harbiylari Donetsk viloyatidagi muhim shaharlardan biri bo‘lgan Konstantinovka ustidan nazorat o‘rnatgani haqida ma’lum qilgan edi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning Donetsk viloyatidagi strategik ahamiyatga ega Kostiantinovka shahrini egallagani haqidagi da’volarni rad etdi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib qoldirdi.
Qayd etilishicha, Rossiya harbiylari bugun, 4 iyul kuni Prezident Vladimir Putinga Kostiantinovka shahri to‘liq nazoratga olingani haqida hisobot bergan. Biroq Zelenskiy va Ukraina Bosh shtabi shahar hamon Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostida ekanini ma’lum qildi.
“Albatta, bu – haqiqat emas. Bu Rossiyaning navbatdagi yolg‘oni va qandaydir shov-shuvli xabar yaratishga urinishdir”, deb yozgan Zelenskiy.
Shuningdek, agar Kostiantinovka chindan ham Rossiya nazoratida bo‘lganida, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin u bilan aynan shu shaharda uchrashib, urushni diplomatik yo‘l bilan yakunlash masalasini muhokama qilishdan bosh tortmagan bo‘lardi.
Ukraina Bosh shtabining bildirishicha, Sharqiy qo‘shinlar guruhi tarkibidagi 19-armiya korpusi bo‘linmalari shaharda va unga tutash hududlarda mudofaani davom ettirmoqda.
Ma’lumot uchun, Kostiantinovka Donetsk viloyatidagi Ukraina mudofaa tizimining muhim tayanch nuqtalaridan biri hisoblanadi. Harbiy tahlilchilarga ko‘ra, ushbu shahar qo‘lga kiritilsa, Rossiya qo‘shinlari shimol yo‘nalishida hujumni rivojlantirish uchun qulay tayanchga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning ikkinchi yirik shahri Sankt-Peterburg va uni o‘rab turgan Leningrad viloyati Ukraina tomonidan amalga oshirilgan yirik dron hujumiga uchragani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi