BMT zilziladan so‘ng ilk bor Suriyaga yordam yo‘lladi

Olam

image

BMT Suriyadagi zilzila oqibatida jabr ko‘rganlarga yordam berish uchun birinchi delegatsiyani yubordi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti respublikadagi voqealarga haddan tashqari sust munosabatda bo‘layotganligi haqidagi ko‘plab tanqidlardan so‘ng Suriyaga yordam berishga qaror qildi. Biroq Jeneva shahrida ta’kidlanganidek, kelgan jamoa asosan vaziyatni baholash vazifasini bajaradi. 

Delegatsiya tarkibida mintaqaviy gumonitar koordinator o‘rinbosari Devid Karden va BMTning Turkiyadagi gumanitar masalalarini muvofiqlashtirish bo‘limi rahbari Sanjana Kvazi ham bor.  Ammo tashkilot faqat jangarilar nazorati ostidagi hududlarga yordam berishi taxmin qilinmoqda.  

“BMT Suriyaning shimoli-g‘arbiy xududlarini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda. Bu hududlar xorijiy qo‘shinlar va ular nazoratidagi ekstremistlar tomonidan ishg‘ol qilingan. Biroq hozirgi sharoitda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yetarli emas”, deydi Sanjana Kvazi.

Delegatlar chegaradagi Sarmada shahridagi BMT Jahon oziq-ovqat dasturi markaziga bordi. Shuningdek, ular tashkilot Suriyaga gumanitar yordam yetkazadigan Bal al-Hava nazorat punktida mahalliy rasmiylar bilan uchrashdi. 

Eslatib o‘tamiz, Suriya Sog‘liqni saqlash vaziri Hasan al-G‘abash 8 fevral kuni butun dunyo mamlakatlarini Damashqqa asbob-uskunalar yuborishga va 6 fevraldagi zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam berishga chaqirgan edi. 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Suriyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing