Suriyada zilzila qurbonlari 3,6 mingdan oshgani aytildi
Olam
−
14 fevral 2023
2610Suriyada epimarkazi Turkiyaning Qahramonmarash shahrida bo‘lgan ikki vayronkor zilzila qurbonlari soni 3 688 nafarga, jarohatlanganlar soni esa 14 749 nafarga yetdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Suriyaning Idlib, Halab, Hama, Latakiya va Tartus shaharlarida qidiruv-qutqaruv va tiklash ishlari davom etmoqda.
Bashar al-Asad rejimi nazoratidagi SANA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Damashq nazoratidagi Halab, Latakiya, Hama va Tartus hududlarida 1414 kishi halok bo‘lgan, 2349 kishi jarohatlangan.
Suriya shimolidagi muxolifat nazoratidagi hududlarda ham ko‘p sonli uy vayron bo‘ldi.
“Anadolu”ning Suriya inson huquqlari tarmog‘i, fuqarolik mudofaasi kuchlari va mahalliy manbalarga tayanib xabar berishicha, Idlibda, Turkiyaning “Firat qalqoni” va "Zaytun novdasi" aksilterror operatsiyalari zonalarida kamida 2274 kishi qurbon bo‘lgan, 12 400 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Suriyaning Asad muxoliflari nazorati ostidagi hududlarida muxolifatdagi Suriya milliy armiyasi jangarilari qutqaruv ishlariga jalb qilingan.
Ayni vaqtda Suriyada zilzila qurbonlari bilan bog‘liq chalg‘ituvchi ma’lumotlar mavjud. Xususan, Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Suriyada zilzila qurbonlari allaqachon 8,5 mingga yetgan, jarohatlanganlar esa 10 mingga yaqin.
6 fevral Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va soat 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi.
Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 31 974 nafarga yetdi.
Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.
LiveBarchasi