Suriyada terrorchilar nazorati ostidagi hududlarga ham yordam jo‘natiladi

Olam

image

Suriya Prezidenti Bashar Asad mamlakatning zilziladan jabr ko‘rgan barcha hududlariga, jumladan, terrorchilar nazorati ostidagi hududlariga insonparvarlik yordami jo‘natilishini ma’lum qildi. Bu haqda Prezidentning BMTdagi elchisi Bassam Sabbag ma’lum qildi.

“Prezident Asad Suriyaning barcha hududlari, jumladan, qurolli terroristik guruhlar ishg‘oli va nazorati ostidagi hududlarga zudlik bilan insonparvarlik yordami zarurligini yana bir bor tasdiqladi”, deydi Sabbag.

Ma’lumot uchun, Suriyada zilzila oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida turli chalg‘ituvchi ma’lumotlar mavjud. Hukumat nazorati ostidagi SANA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Halab, Latakiya, Hama va Tartus hududlarida 1414 kishi halok bo‘lgan, 2349 kishi jarohatlangan. “Anadolu” esa zilzila qurbonlari soni 3 688, jarohatlanganlar 14 749 nafarga yetganini yozmoqda. 

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti esa zilzilada allaqachon 8,5 ming kishi qurbon bo‘lgani, jarohatlanganlar 10 mingga yaqinligini ma’lum qildi.

Turkiyadagi vayronkor zilzila Suriyadan tashqari Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li epimarkazi Turkiyaning Qahramoshmarash shahri bo‘lgan dahshatli zilzila oqibatlari fonida Suriyadan Turkiyaga qochqinlar yopirilgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing