Turkiya va Suriyada zilziladan keyin 26 million kishi yordamga muhtoj
Olam
−
14 fevral 2023
4192Turkiya va Suriyada 6 fevraldagi zilzilalardan keyin 26 millionga yaqin odam gumanitar yordamga muhtoj. Bu haqda bugun, 14 fevral kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Jahon so-liini sailash tashkilotining Yevropa mintaqaviy direktori Xans Klyuge ma’lum qildi.
“[Yordamga] ehtiyoj juda katta, soat sayin ortib bormoqda. Har ikki mamlakatda 26 millionga yaqin odam gumanitar yordamga muhtoj”, deydi u.
Tashkilot Turkiyada zilzila oqibatida 31 mingdan ortiq odam halok bo‘lganini, jarohatlanganlar soni 100 mingga yaqinligi, Suriya shimoli-g‘arbida esa qariyb 5 ming kishi qurbon bo‘lganini qayd etdi.
Uning urg‘ulashicha, bu raqamlar o‘zgarishi mumkin.
“Biz Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqasida oxirgi asrda yuz bergan eng yirik tabiiy ofatiga guvohi bo‘lmoqdamiz. Biz uning ko‘lamini o‘rganishda davom etami”, deya qo‘shimcha qildi u.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti zilzila oqibatlarini bartaraf etish, jumladan, yordam ko‘rsatish uchun 43 million dollar so‘rab murojaat qildi.
“Yaqin kunlarda bu miqdor ikki baravar ko‘payishini kutyayapman, chunki biz inqiroz darajasi va ehtiyojlarni yaxshiroq baholaymiz”, deydi mintaqaviy direktor.
LiveBarchasi