BMT sudi Isroilga G‘azo sektoriga yordam yetkazish uchun qo‘shimcha yo‘nalishlar ochishni buyurdi

Olam

image

Gaagadagi Xalqaro sud ochlikdan azob chekayotgan falastinliklar ko‘proq gumanitar yordam olishlari uchun Isroildan G‘azo sektoriga ko‘proq o‘tish joylari ochishni talab qiluvchi qonuniy kuchga ega qaror chiqardi.

Gaaga sudi qarori Isroilga oziq-ovqat, suv, yoqilg‘i va dori-darmonlarni o‘z ichiga olgan "juda zarur bo‘lgan asosiy xizmatlar va insonparvarlik yordamini" zudlik bilan yetkazib berishni ta’minlash uchun "barcha zarur va samarali choralar" ko‘rishni buyuradi. Shuningdek, sud Isroildan zudlik bilan choralar ko‘rishni talab qildi. Sud Isroilga bu buyruqlarni qanday bajarayotgani haqida bir oy ichida hisobot berishni buyurdi.

Isroil sud qaroriga hozircha izoh bermadi, biroq u HAMASga qarshi qariyb olti oylik urushda genotsid sodir etganini qat’iyan rad etib, BMT sudini yangi buyruqlar chiqarmaslikka chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xalqaro sud Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi da’vosi bo‘yicha vaqtinchalik qaror chiqarib, yahudiy davlatiga G‘azo sektorida genotsidning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rishni buyurgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Xalqaro sud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing