BMT karantin sabab oilasiga zo‘ravonlik qilayotgan erkaklarni tanqid qildi

Olam

image
O‘zbekistonda karantin noyabrgacha davom etadimi? north_east

O‘zbekistonda karantin noyabrgacha davom etadimi?

Koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq ko‘plab mamlakatlarda karantin joriy etilganidan so‘ng, dunyo ayollariga nisbatan oiladagi zo‘ravonlik avjiga chiqdi. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish ma’lum qildi.

“Biz karantin choralari koronavirusni yengish uchun zarurligini bilamiz. Ammo buning oqibatida ba’zi ayollar zo‘ravonlikka moyil bo‘lgan turmush o‘rtoqlari tomonidan azoblanmoqda”, deydi Antonio Guterrish.

Shuningdek, u so‘nggi bir necha hafta ichida iqtisodiy va ijtimoiy bosim va qo‘rquv kuchaygani sayin, oilaviy zo‘ravonlikning global avj olganiga guvoh bo‘linganini aytib o‘tdi. Gutterish dunyo erkaklariga uyda o‘zlarini yaxshi tutib, ayollarga xushmuomala bo‘lishni tavsiya qildi.

Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi mamlakatlarda politsiya xizmatiga murojaat qilgan ayollar soni ikki baravar ko‘paygan. Shu bilan birga, bu davom etmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, tibbiy muassasalar va politsiya xizmati haddan tashqari ko‘p chaqiruv olmoqda. Buning oqibatida xodimlar yetishmasligi kuzatilyapti.

Shu nuqtai nazardan, BMT Bosh kotibi barcha hukumatlarni “ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va bunday zo‘ravonlik oqibatida yetkazilgan zararni qoplash uchun koronavirusga qarshi kurashish milliy rejalariga ushbu masalani” kiritishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Karantin Antonio Guterrish

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing