BMT Bosh Assambleyasida Ukraina yaxlitligi uchun ovoz berildi. O‘zbekiston betaraf qoldi
Olam
−
13 Oktabr 2022 13906 1 daqiqa
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi kecha,12 oktyabr kuni Rossiya o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan “DXR” va “LXR” hamda bosib olingan Xerson va Zaporoje viloyatlarida o‘tkazgan “referendum”ni qoralovchi rezolyutsiyani qabul qildi.
Hujjatda Rossiyadan Ukraina hududlarini anneksiya qilish haqidagi bayonotini qayta ko‘rib chiqish talabi ham bor.
BMTga a’zo 193 davlatdan 143 tasi rezolyutsiya uchun ovoz berdi. Besh davlat qarshilik qilgan – Belarus, Shimoliy Koreya, Nikaragua, Suriya va Rossiya. Ovoz berishda 35 davlat, jumladan, Xitoy, Hindiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston betaraf qolgan. Ovoz berishda 10 ta davlat, jumladan, Ozarbayjon, Turkmaniston va Venesuela qatnashmagan.
Avvalroq mazkur rezolyutsiya BMT Xavfsizlik Kengashida ham ovozga qo‘yilgandi. Biroq Kengashning doimiy a’zosi bo‘lgan Rossiya unga veto qo‘ygandi.
Eslatib o‘tamiz, 30 sentyabr kuni Putin Ukrainaning Donbass mintaqasidagi tan olinmagan Lugansk va Donetsk xalq respublikalari hamda Xerson va Zaporoje viloyatlarini Rossiyaga qo‘shib olish, anneksiya qilish haqidagi shartnomalarni imzoladi.
Live
Barchasi