BMT: 2021 yil dunyo katta inqiroz yoqasida qolishi mumkin
Olam
−
05 dekabr 2020
67682021 yil dunyo uchun halokatli yil bo‘lishi mumkin. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon oziq-ovqat dasturi direktori Devid Bizli ogohlantiryapti.
Unga ko‘ra, dunyo 2021 yilda so‘nggi 75 yil ichidagi eng og‘ir gumanitar inqirozga duch kelishi mumkin.
"Hozirgi bosqichda ko‘rganlarimizdan kelib chiqib, tashkilot shunday xulosaga keldi", degan Bizli.
Jahon oziq-ovqat dasturi direktori, shuningdek, so‘nggi to‘rt yil ichida sodir bo‘lgan qurolli mojarolar tufayli ochlik yoqasida turganlar soni 80 milliondan 135 milliongacha, pandemiya tufayli esa 270 milliongacha o‘sganini qo‘shimcha qilgan.
Bizli hozirda iqtisodiy tanazzul mavjudligini va kelasi yilda ehtiyojlar ikki baravarga oshishini ta’kidlagan.
U zarur mablag‘ yig‘ilgan taqdirda gumanitar inqirozni oldini olish mumkin, degan xulosaga kelgan.
Avvalroq, koronavirus pandemiyasi tufayli kam rivojlangan mamlakatlarda 32 milliondan ortiq odam o‘ta qashshoqlikka duch kelishi mumkinligi aytilgandi.