Blinken Tayvan masalasida AQSHning kutilmagan pozitsiyasini e’lon qildi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamaydi, lekin orolda yuz berayotgan bir tomonlama harakatlarga qarshi. Bu haqda Davlat kotibi Entoni Blinkenning AQSHning Xitoyga nisbatan siyosati haqidagi nutqida keltirilgan. Nutqdan parchalar Davlat departamenti Matbuot xizmati tomonidan oldindan tarqatildi.

“Qo‘shma Shtatlar Tayvanning mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamaydi va uning Xitoy bilan barcha kelishmovchiliklari tinch yo‘l orqali hal qilinishini kutadi”, deydi Entoni Blinken.

Shu bilan birga, Davlat kotibi AQSH Xitoyning Tayvanga nisbatan harakatlaridan noroziligini bildirdi.

“Pekin tobora ortib borayotgan provokatsion ritorikadan va Xitoy xalq ozodlik armiyasining deyarli har kuni Tayvan yaqinida uchadigan samolyotlari kabi harakatlardan foydalanmoqda”, deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Jo Bayden joriy yilning 23 may kuni rasmiy Vashington “yagona Xitoy” siyosatiga sodiq qolganiga qaramay, Tayvanga hujum qilinsa, Amerika harbiylari aralashishini aytgan edi. 

Biroq, Xitoy shtat yetakchisining bayonotidan keskin noroziligini va Tayvan Xitoy hududining ajralmas qismi ekanligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Tayvan' Amerika Qo'shma Shtatlari

Baholaganlar

435

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing