Blinken KXDRning xavfini aytdi 

Olam

image

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi rasmiylari tomonidan amalga oshirilayotgan raketa va yadro dasturlari doimiy xavf tug‘diradi, ulardan birining yaqinda uchirilishi buni tasdiqladi. Bu fikrni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken “ikki plyus ikki” formatida o‘tkazilayotgan AQSH-Yaponiya muzokaralari ochilishida bildirdi.   

“Ayni paytda KXDRning noqonuniy yadroviy va raketa dasturlari doimiy xavf tug‘dirmoqda. Biz bunga shu hafta, oxirgi uchish amalga oshirilganida yana bir bor amin bo‘ldik”, degan Amerika diplomatiyasi rahbari. 

Eslatib o‘tamiz, KXDR joriy yilning 5 yanvar kuni gipertovushli raketa sinovlarini o‘tkazdi.  

Yaponiya mudofaa vaziri Nobuo Kisi KXDR yangi turdagi ballistik raketani sinovdan o‘tkazganini, uni avval uchirmaganini aytdi. Yaponiya qirg‘oq xavfsizligi ma’lumotlariga ko‘ra, raketa Yaponiya dengiziga qulagan. 

Ma’lumot o‘rnida, KXDR oxirgi marta raketa sinovlarini 2021 yil oktyabr oyida o‘tkazgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

KXDR

Baholaganlar

313

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing