Kim Çen In yangi köprik orqali Xitoyga bordi (video)
Olam
−
17:08 1173 2 daqiqa
Bugun, 24 oktyabr kuni KXDR yetakçisi Kim Çen In Xitoyga taşrif buyurdi. U çegaradagi Dandun şahriga yaqinda oçilgan Yalutszyan daryosi orqali ötuvçi Yangi köprik orqali mamlakatga kirgan. Bu haqda anonimlik şarti bilan Janubiy Koreya rasmiysi “Reuters”ga ma’lum qildi.
Janubiy Koreya hukumatidagi manbaning sözlariga köra, Dandunda Kimni XXR Davlat kengaşi Boş vaziri Li Syan kutib olgan. “Yonhap”ning yozişiça, Kim bugunning özidayoq vataniga qaytişi kerak. “Reuters” suhbatdoşining fikriça, Şimoliy Koreya yetakçisi joriy yilning 26 oktyabr kuni boşlanadigan Xitoy Kommunistik partiyasi oliy rahbariyatining yiğilişlari oldidan Pekinga taşrif buyurişi ehtimoldan yiroq.
Ikki mamlakat örtasidagi asosiy quruqlik ötiş joyiga aylangan 3 kilometrlik köprik köp yillik keçikişlardan söng oktyabr oyida foydalanişga topşirildi. Pekin va Pxenyan keskin munosabatlar davri hamda pandemiya çeklovlaridan söng savdo-sotiqni jonlantirişga umid qilmoqda. Köprik orqali KXDR uçun oğir texnika, xomaşyo va energiya resurslarini taşiş rejalaştirilgan.
Ma’lumot uçun, Xitoy – Pxenyanning asosiy iqtisodiy va diplomatik hamkori bölib, KXDR rasmiy savdosining katta qismi uning hissasiga töğri keladi. Biroq Rossiyaning 2022 yilda Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi boşlanganidan söng, Şimoliy Koreya Moskva bilan yaqinlaşdi va tahlilçilarning baholaşiga köra, uning Pekinga qaramligi zaiflaşgan. Kimning Xitoyga avvalgi ma’lum taşrifi 2025 yilning sentyabr oyida bölgan va u Ğalabaning 80 yilligiga bağişlangan tantanalarda qatnaşgan, şuningdek, Si Szinpin bilan muzokaralar ötkazgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy yaqin kunlarda Şimoliy Koreya bilan boğlovçi, 2014 yilda qurib bitkazilgan, ammo şu kungaça foydalanilmagan yangi köprikni oçişni rejalaştirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi