“Bizning dushmanimiz Ukraina armiyasi emas, rus byurokratidir” – Prigojin yana Putindan “nolidi”

Olam

image

Rossiyada 9 may paradi bo‘lib o‘tgan bir paytda “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin yana frontdagi ahvolning ayanchli ekanini aytib, murojaat qildi. 

Prigojinning aytishicha, Rossiya Mudofaa vazirligi bo‘linmalaridan biri Baxmutdagi 2 kilometrlik pozitsiyasini tashlab qochgan.  U Mudofaa vazirligini yana bir bor tanqid qilgan. 

“Mudofaa vazirligi hech qachon va’da qilingan qurollarni taqdim etmagan. So‘ralgan qurollarning atigi 10 foizi berildi. Bizni aldashdi”, deydi u. 

“Vagner” rahbari, shuningdek, uning qo‘shini Baxmutdan ketmasligini ma’lum qildi. 

Prigojinning aytishicha, Ukraina harbiylari Baxmut yo‘nalishida qanotlarni yorib o‘tmoqda va yaqin orada qarshi hujumga o‘tib ketishi mumkin. 

“Bizning dushmanimiz Ukraina qurolli kuchlari emas, rus byurokratidir. Agar biz Baxmutdan ketsak, front “sochilib” ketadi va “ukroplar” (Ukraina qo‘shinlari nazarda tutilmoqda) Moskvaga qadar yetib boradi ”, deydi Prigojin. 

Prigojin oxirgi vaqtlarda Baxmutda jang qilayotgan “Vagner”chilarga yetarlicha o‘q-dori va qurollar berilmayotgani haqida aytib kelmoqda. So‘nggi marta u Baxmutda halok bo‘lgan askarlarning tasvirini namoyish etib, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguni haqorat qilgandi. Prigojin agarda “Vagner” qo‘shinlari “Rossiya harbiy omborlarida saqlanayotgan qurollar”ni olmas ekan, 10 may kuni shaharni tark etishini va nazorat ostidagi pozitsiyalarni Rossiya muntazam qo‘shinlariga topshirishini ta’kidlagandi

Bugun Qizil maydonda bo‘lib o‘tgan paradni kuzatganlar ham tadbirda faqat bitta tank – sovet davridagi T-34 namoyish etilganiga e’tibor qaratgan. Shuningdek, ehtimol, xavfsizlik talabi jihatdan paradning aviatsiya texnikalari ishtirokidagi qismi bekor qilindi. Umuman olganda, parad 47 daqiqa davom etib, oldingi yillardagiga nisbatan eng qisqasi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baxmut Prigojin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing