Sobchak Prigojinning shifoxonaga tushish sababini ochiqladi
Madaniyat-san’at
−
11 dekabr 2023
11998Rossiyalik mashhur jurnalist Kseniya Sobchak o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi kanalida prodyuser Iosif Prigojin bilan bog‘langani hamda uning to‘satdan shifoxonaga yotqizilishi sababini ma’lum qildi.
Jurnalistning bildirilishicha, Prigojin qattiq grippga chalingan. Ushbu kasallik pnevmoniyaga aylangan bo‘lishi ham mumkin, deb gumon qilingan.
Xabarga ko‘ra, Sobchak bilan suhbatda prodyuser vahima qilishga o‘rin yo‘qligini aytgan.
Ma’lumot uchun, Iosif Prigojin 1969 yil 2 aprelda Maxachqal’ada tug‘ilgan. U “Yil prodyuseri”, “O‘n yillikning eng yaxshi prodyuseri”, “Yilning eng yaxshi tadbirkori” mukofotlari laureati.
Yillar davomida u qo‘shiqchi Valeriya, Vaxtang Kikabidze, Nikolay Noskov, Aleksandr Marshal, Avraam Russo, Kristina Orbakayte, Valeriy Didyulya va boshqalar bilan musiqalar yaratgan. Shuningdek, Prigojen Rossiya musiqa festivallari, konsertlari va teledasturlari tashkilotchisi, “Avto Plyus” telekanalining bosh direktori.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prodyuserlik markazi direktori va Iosif Prigojinning birinchi yordamchisi Stanislav Kalinkin prodyuser rejadan tashqari shifoxonaga yotqizilganini xabar qilgandi. Ammo u kasalxonaga yotqizish tafsilotlari va sabablarini ochiqlamagan. Prodyuserning o‘zi esa jurnalistlar bilan gaplashishdan bosh tortgandi.
LiveBarchasi