Prigojinning vasiyatnomasi e’lon qilindi

Olam

image

“Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinning vasiyatnomasi e’lon qilindi. Uning vasiyatnomasi “VCHK-OGPU” Telegram- kanalida keltirilgan.

2023 yil 2 martdagi hujjatga ko‘ra, tadbirkor barcha mol-mulkini 25 yoshli o‘g‘li Pavelga vasiyat qilgan. 

"Men vafot etganimda o‘zimga tegishli bo‘lgan barcha mol-mulkimni, u nima bo‘lishidan va qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, shuningdek, kelajakda menga sotib olinishi mumkin bo‘lgan mulkimni Pavel Yevgeniyevich Prigojinga vasiyat qilaman", deyiladi vasiyatnomada.

Vasiyatnoma shartlariga ko‘ra, Pavel meros hisobidan Prigojinning bevasi, qizlari va onasi Violetta Prigojina uchun munosib yashashni ta’minlashi kerak. 

“VCHK-OGPU” Telegram-kanali mualliflarining manbasiga ko‘ra, Prigojinlar oilasida marhumning mulkining notekis taqsimlanishi fonida mojaro boshlangan.

“Prigojin bevasi va qizlariga hech narsa vasiyat qilmadi. Shu bilan birga, "Vagner" asoschisi yillar oldin sobiq xotinidan ajralish vaqtida unga o‘z mulkining bir qismini bergandi, deyiladi xabarda.

OAV xabarlariga ko‘ra, Pavel Prigojin Sankt-Peterburgdagi turar joy va uning ostidan yer uchastkasini oladi. Uning umumiy kadastr qiymati 32,5 million rublni tashkil qiladi.

Shuningdek, u “Vagner” MCHJni, “Aurum” MCHJ kinokompaniyasidagi ulushni, “Ritm” noturarjoy mulklarini sotish va ijaraga berish kompaniyasini, ko‘chmas mulk boshqaruvi va savdo kompaniyasi “Konkord Menedjment i Konsalting” MCHJ, “Konkord Keytering" kompaniyasi va boshqalarni oladi.

Prigojinning o‘limi

Joriy yilning 23 avgust kuni Rossiyaning Tver viloyatida halokatga uchragan samolyot bortida “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin va uning hammuassisi Dmitriy Utkin bo‘lgani, bortdagi barcha 10 yo‘lovchi halok bo‘lgani aytilgandi. 24 avgust kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin samolyot halokatida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan va Prigojinni iste’dodli tadbirkor, biroq taqdiri og‘ir inson bo‘lgani va hayotida jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yganini qayd etgandi. G‘arb davlatlari yetakchilari va rasmiylari esa mazkur halokat ortida Putin turganini istisno qilmasligini bildirgan. 

Masalan, Yevrokomissiya “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojinning o‘limi haqidagi ma’lumotlarning ishonchliligiga shubha qilayotgan bo‘lsa, Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetskiy endilikda “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi ustidan nazorat to‘g‘ridan-to‘g‘ri Putinga o‘tishini taxmin qilmoqda.

27 avgust kuni Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojinni Tver viloyatidagi aviahalokatda halok bo‘lganini tasdiqladi.

Kecha, 29 avgust kuni Prigojinning dafn marosimi ilgari ko‘plab Rossiya qahramonlari harbiy sharaf bilan dafn etilgan Serafimov qabristonida o‘nlab jurnalistlar navbatchilik qilayotganda, Prigojinning dafn marosimi butunlay boshqa cherkov hovlisida – Poroxovda jimgina o‘tkazilgan. Uning dafn marosimiga Rossiya rahbari Vladimir Putin bormadi.


Maqola muallifi

Teglar

Prigojin vasiyatnoma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made