AQSHning sobiq prezidenti Prigojinning o‘limi haqida gapirdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning 43-prezidenti Jorj Bush tadbirkor, “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojin bilan shaxsan uchrashganini bilgach, hayratda qolganini aytdi. Bu haqda kecha, 12 sentyabr kuni “Business Insider” xabar berdi.

Jurnalistlar AQSHning sobiq prezidentidan Yevgeniy Prigojinning Tver viloyatidagi aviahalokatda vafot etgani uni hayratlantirgani yoki yo‘qligini so‘ragan. 

"Yo‘q, bu xabar meni hayraga solmadi. O‘tgan kuni Sankt-Peterburgdagi G8 sammitidan olingan suratga ko‘zim tushdi. U yerda menga xizmat qilgan yigit Prigojin edi", deydi Bush.

Sobiq prezidentning aytishicha, 2006 yilda u Sankt-Peterburgda Putinning “oshpazi” bilan birga suratga tushgan. Biroq Bush Prigojin bilan shaxsan uchrashganini eslay olmasligini qo‘shimcha qilgan. 

"Men faqat tirik qolganimni bilaman", degan Bush hazil aralash.

2006 yil 14 iyuldagi kadrlarda Jorj Bush va uning rafiqasi Laura Prigojinning yonida tasvirlangan. O‘shanda er-xotin Rossiya yetakchisi bilan birga ziyofatda qatnashgan edi. Aftidan, Prigojin Bushga ichimlik bergan. Kechki ovqat Konstantin saroyida 32-katta G8 sammiti doirasida tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 avgust kuni Moskvadan Sankt-Peterburgga ketayotgan Embraer Legacy biznes-jeti Tver viloyatining Kujenkino qishlog‘i yaqinida halokatga uchragandi. Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 263-moddasi – "Havo transporti harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish" bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Halokatga uchragan samolyot bortida 10 kishi, jumladan “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojin, asosiy komandirlar Dmitriy Utkin va Valeriy Chekalov bo‘lgan. Ularning uchalasi ham Rossiya Qahramoni unvoniga ega edi. 27 avgust kuni Tergov qo‘mitasi DNK testi yordamida identifikatsiya qilish yakunlanganini ma’lum qildi. Topilgan qoldiqlar Federal havo transporti agentligi e’lon qilgan yo‘lovchilar ro‘yxatiga mos keldi. Yevgeniy Prigojin Sankt-Peterburgdagi Poroxov qabristoniga dafn qilindi.

Asadbek Komilov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Jorj Bush Prigojin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing