Prigojin shifoxonaga yotqizildi
Madaniyat-san’at
−
11 dekabr 2023
41241Rossiyalik mashhur prodyuser Iosif Prigojin to‘satdan tashqari shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “RIA Novosti” nashri xabar berdi.
Ushbu vaziyat haqida prodyuserlik markazi direktori va Prigojinning birinchi yordamchisi Stanislav Kalinkin OAVga ma’lum qildi. Prigojinning shifoxonaga yotqizilish sabablari hozircha ochiqlanmagan.
Ammo shu kunga qadar ham prodyuserning sog‘lig‘i bir necha bor yomonlashgandi. Xususan, aprel oyida suratga olish maydonchasiga prodyuser uchun tez yordam chaqirilgandi. Bundan tashqari, uning hamkasbi Lera Kudryavsevaning aytishicha, Prigojin sog‘lig‘ining yomonligi va uyqusizlikdan shikoyat qilgan. Keyinroq esa, unga mikroinsult, ishemik xuruj tashxisi qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun, Iosif Igorevich Prigojin 1969 yil 2 aprelda Maxachqal’ada tug‘ilgan. U “Yil prodyuseri”, “O‘n yillikning eng yaxshi prodyuseri”, “Yilning eng yaxshi tadbirkori” mukofotlari laureati.
Yillar davomida u qo‘shiqchi Valeriya, Vaxtang Kikabidze, Nikolay Noskov, Aleksandr Marshal, Avraam Russo, Kristina Orbakayte, Valeriy Didyulya va boshqalar bilan musiqalar yaratgan. Shuningdek, Prigojen Rossiya musiqa festivallari, konsertlari va teledasturlari tashkilotchisi, “Avto Plyus” telekanalining bosh direktori.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyalik qo‘shiqchi va bastakor Elton Jon baxtsiz hodisa oqibatida jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgandi.
LiveBarchasi