“Vagner” Baxmutni tark etadi – Prigojin
Olam
−
05 may 2023
19566Bugun, 5 may kuni Rossiyaning “Vagner” yollanma qo‘shinlari rahbari Yevgeniy Prigojin to‘satdan va dramatik tarzda uning qo‘shinlari o‘tgan yozdan beri bosib olishga urinayotgan Ukrainaning Baxmut shahrini tark etishini e’lon qildi. Bu haqda Prigijinning matbuot xizmati xabar berdi.
“Vagner” rahbarining aytishicha, ular 10 may kuni urushning eng uzoq va qonli janglaridagi ishtirokini og‘ir yo‘qotishlar va o‘q-dorilar ta’minoti yetarli emasligi sababli to‘xtatadi. U mudofaa boshliqlaridan ularning o‘rniga oddiy armiya qo‘shinlarini kiritishni so‘ragan.
“Vagner” jangchilari va “Vagner” qo‘mondonligi nomidan e’lon qilamanki, biz 2023 yil 10 mayda Baxmut posyolkasidagi pozitsiyalarni Mudofaa vazirligi bo‘linmalariga topshiramiz”, deydi Prigojin bayonotida.
Vagner Rossiyaning Baxmutni qo‘lga olish uchun uzoq va qimmatga tushadigan urinishini boshqargan va Prigojin uch hafta oldin uning odamlari shaharning 80 foizdan ko‘prog‘ini nazorat qilganini aytgan. Ammo ukrainalik himoyachilar qarshilik ko‘rsatgan. Prigojin esa Rossiya mudofaa idorasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmayotganidan g‘azabi ortgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Prigojin o‘z sahifasida o‘nlab jasadlar yonida turib Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovni “Vagner” jangchilarining o‘limida aybdor ekanini, ular yollanma qo‘shinlarga o‘q-dori yetkazib bermayotganini aytgan va ularni haqorat qilgan edi.
LiveBarchasi