“Biz urushdamiz”. Netanyaxu xalqiga murojaat bilan chiqdi
Olam
−
07 Oktabr 2023
13911Bugun, 7 oktyabr kuni Isroilda ro‘y berayotgan voqealar fonida mamlakat Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, sodir bo‘layotgan narsa to‘laqonli urush ekanini aytdi. Uning murojaati Bosh vazirning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilindi.
“Isroil fuqarolari, biz urushdamiz, operatsiyada emas, urushda. HAMAS bizga qarshi urush e’lon qildi”, deydi Netanyaxu.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, u xavfsizlik idoralari rahbarlarini yig‘ib, aholi yashaydigan hududlarni jangarilardan tozalashni buyurgan.
“Bu operatsiya allaqachon amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, men zaxiralarni keng miqyosda safarbar qilishga buyruq berdim. Dushman bu urush uchun oldin hech qachon ko‘rilmagan tovon to‘laydi”, deya qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. G‘azodan otilgan o‘qlar fonida Binyamin Netanyaxu Quddusdagi qarorgohini tark etib, Tel-Avivga jo‘nab ketgandi. Keyinchalik HAMAS harakati harbiy qo‘mondoni Muhammad al-Dayf Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi.
LiveBarchasi