“Biz bunga kuch bilan javob beramiz”. Bayden Qobuldagi portlashlar bo‘yicha bayonot berdi

Olam

image
Qobuldagi portlash soni ortdi. 100 dan ortiq odam qurbon bo‘ldi north_east

Qobuldagi portlash soni ortdi. 100 dan ortiq odam qurbon bo‘ldi

Avvalroq, Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi xalqaro aeroportda portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.  

AQSH Prezidenti Jo Bayden terakt bo‘yicha bayonot bergan. U portlashlarni uyushtirishda ayblanayotgan “Viloyat Xuroson” guruhi rahbarlari va ob’ektlariga zarbalar tayyorlashni buyurgan.  

“Biz o‘z qo‘mondonligimizga zarba berish bo‘yicha operativ rejalar ishlab chiqishni buyurdik. Biz o‘zimiz tanlagan vaqt va joyda qat’iy hamda aniq javob beramiz”, degan Bayden. 

Uning ta’kidlashicha, hujum aybdorlari topiladi va jazolanadi. Bayden AQSH ularga erishish yo‘llarini topishiga ishontirgan. 

Shu bilan birga, davlat rahbari Afg‘onistonda sodir bo‘layotgan barcha voqealar uchun javobgarlikni “tubdan” tan olishini aytgan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qobulda jami oltita portlash sodir bo‘lgan. Portlashlar oqibatida 103 kishi halok bo‘lgan, yana 158 nafardan ortiq odam jarohatlangani aytilmoqda. Qurbonlarning 90 nafari afg‘onlar, 13 nafari Amerika askarlari.

20 yil deganda Afg‘onistonni tark etayotgan AQSH

2001 yili Nyu-Yorkda terakt (terrorchilik harakati) amalga oshirildi. Shundan so‘ng, AQSH va u a’zo bo‘lgan NATO kuchlari Afg‘onistonga qo‘shin kiritdi. Shu bilan Amerika tarixida eng uzoq davom etgan 20 yillik afg‘on urushi boshlandi. Kichik Jorj Bush, Barak Obama va Donald Tramp kabi AQSH Prezidentlari ushbu urushni yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlarini olib chiqib ketish boshlandi. Bu jarayon joriy yilning 31 avgust kuni yakunlanadi. 

Afg‘onistondagi davlat to‘ntarishi

Afg‘onistonni bir yirik kuch tark etishi ortidan boshqa bir kuch — “Tolibon” mamlakat hududlarini egallay boshladi. Qayd etish kerakki, AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistonni tark etishi oxiriga yetmay turib, “Tolibon” mamlakat poytaxtini egalladi. 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatgan toliblar 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qobul AQSh Bayden

Baholaganlar

201

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing