Qobuldagi portlash soni ortdi. 100 dan ortiq odam qurbon bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 26 avgust kuni Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi xalqaro aeroportda portlash sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Oradan ko‘p o‘tmay aeroport yaqinida yana bir portlash sodir bo‘lgandi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qobul aeroporti yaqinida yana ikkita portlash sodir bo‘lgan. Aeroport yaqinidagi Puli-Suxtab tumanida portlovchi moddalar to‘ldirilgan avtomobil portlagan. Portlashdan keyin otishma ham sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Afg‘on va arab OAV ma’lumotiga ko‘ra, Qobulda jami oltita portlash sodir bo‘lgan. 

“The Wall Street Journal” ma’lumotiga ko‘ra, portlashlar oqibatida 103 kishi halok bo‘lgan, yana 158 nafardan ortiq odam jarohatlangani aytilmoqda. Qurbonlarning 90 nafari afg‘onlar, 13 nafari Amerika askarlari.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning may oyida AQSH boshliq xalqaro koalitsiya kuchlari Afg‘onistonni tark etishni boshlashi bilan  "Tolibon" harakati hukumat nazoratidagi hududlarni egallab ola boshladi. Avgust oyiga kelib, toliblar yirik shaharlarga yurish boshladi.

Oradan ko‘p o‘tmay, joriy yilning 15 avgust kuni Qobulning “Tolibon” qo‘liga o‘tishi bilan Afg‘onistonda harakat hokimiyati o‘rnatildi. Prezident Ashraf G‘ani esa iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. Hokimiyatni "Tolibon"ga o‘tishini ta’minlash uchun Muvofiqlashtirish kengashi tuzilib, unga Abdulla Abdulla va Hamid Karzay kiritilgandi. Biroq, ular ayni vaqtda uy qamog‘iga olingan.

Joriy yilning 19 avgust kuni esa harakat rasmiy bayonot bilan chiqib, mamlakatda Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. "Tolibon" vakili Vohidulla Hoshimiy harakat Afg‘onistonda demokratik davlat qurmasligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

190

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing