Birinchi Prezidentning nabirasi Londonda politsiyaga tajovuz qildi. Unga hukm chiqarildi

Olam

Akasiga tor shim, o‘lgan buvisiga yangi kafan... Odamlar nima deydi? north_east

Akasiga tor shim, o‘lgan buvisiga yangi kafan... Odamlar nima deydi?

Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning nabirasi Oysulton Nazarboyev Londonda yana qiliq chiqardi. Bu safar erkatoy Nazarboyev London politsiyasiga hujum qilganlikda ayblanib, shartli muddatda jazoga hukm qilindi. Bu davr oralig‘ida u giyohvandlikka qarshi davolanishi, jamoat ishida qatnashishi va jarima to‘lashi kerak. 

U giyohvand modda iste’mol qilgan vaqtda politsiyaga qarshilik ko‘rsatgan, politsiya xodimini urgan va tishlagan. Tergovda ma’lum bo‘lishicha, erkatoy nabiraning tishlashi oqibatida politsiya xodimi og‘ir jarohatlangan va ko‘p qon yo‘qotgan.  

Hukm 18 oylik sinov muddatini o‘z ichiga oladi. Agar u bu vaqt oralig‘ida yana jinoyat sodir etsa, unga nisbatan qamoq jazosi qo‘llaniladi. 

Oysulton Nazarboyev umumiy hisobda 140 soat jamoat ishida qatnashishi, giyohvandlikdan qutulish uchun 20 ta majburiy mashg‘ulotlarda ishtirok etishi, 1000 funt jarima va 5000 funt moddiy zararni to‘lab berishi kerak. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Oysulton Nazarboyev Londonda o‘z joniga qasd qilishga uringan edi. 

Sobiq Prezidentning 29 yoshli nabirasi mehmonxona derazasidan o‘zini tashlamoqchi bo‘lganida politsiya xodimi uni to‘xtatishga uringan. O‘sha vaqt kichik Nazarboyev uning qo‘lini tishlab olgan.

Oysulton Nazarboyev – Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi Darig‘a Nazarboyeva va marhum ishbilarmon Rohat Aliyevning o‘g‘li. 2007 yilda Nazarboyevning kuyovi Rohat Aliyevga nisbatan odam og‘irlash moddasi bilan jinoiy ish ochilgan. Aliyev o‘ziga nisbatan jinoiy ta’qibga siyosiy masalalar sabab bo‘lganini aytgan. Unga nisbatan ayblovlar qaynonasini tanqid qilganidan keyin boshlangan. Darig‘a Nazarboyeva turmush o‘rtog‘i bilan ajrashdi. Aliyev esa mamlakatdan chiqib ketdi. U 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U Avstriyada hibsga olingan, biroq Qozog‘istonga ekstraditsiya qilinmagan. 2015 yilda u qamoqxona kamerasida osilgan holatda topilgan. 

Oysulton Nazarboyev Britaniyaning qirollik harbiy akademiyasini bitirgan va Qozog‘istonning harbiy razvedkasida faoliyat olib borgan. U bolaligidan futbol ishqibozi bo‘lgan va bir vaqtlar Qozog‘iston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimida ham ishlagan. 2017 yilda u bobosi Muxtor Aliyev vafoti va otasining o‘z joniga qasd qilganidan keyin giyohvand moddalar iste’mol qilayotganini tan olgan.

2013 yilda Oysulton Nazarboyev “QozRosGaz” rahbari Qayrat Boronboyevning qiziga uylangan. Ularning bir nafar qiz farzandi bor.
 


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Darig'a Nazarboeva Oysulton Nazarboev

Baholaganlar

584

Reyting

3.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing