Akasiga tor shim, o‘lgan buvisiga yangi kafan... Odamlar nima deydi?

Intervyu

O‘tgan hafta O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qo‘shma qarori bilan “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi. 

Xo‘sh, bu Nizomga, unda belgilangan tartiblarga odamlar nima deydi? QALAMPIR.UZ jamoatchilikning fikrini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazdi. Ushbu so‘rovnoma videosini yuqoridagi slayderda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi rasmiy sahifasida tomosha qilingiz mumkin. 

Mazkur qaror 2020 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi. Unda to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarni quyidagilarga amal qilish lozim. 

Nizomga ko‘ra, oilaviy tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solishda ijtimoiy adolat va qonuniylik, milliy urf-odat va qadriyatlarga sodiqlik, boshqa din va millat vakillarining urf-odatlarini hurmat qilish hamda jamoatchilik fikrini inobatga olish tamoyillariga rioya etiladi.

Ushbu hujjat bilan bunday tadbirlarni o‘tkazish tartibiga umumiy talablar qo‘yildi. 

Unga ko‘ra, oilaviy tadbirlar faqat bir kun (dafn etish marosimi bundan mustasno) soat 06:00 va 23:00 oralig‘ida o‘tkaziladi.

Soat 23:00 dan keyin oilaviy tadbirlarni davom ettirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Oilaviy tadbirlarda 200 nafargacha, mazkur tadbirlar munosabati bilan osh berish marosimida 250 nafargacha kishi qatnashadi.

Qo‘shaloq to‘y-hashamlarda 250 nafargacha, u bilan bog‘liq osh berish marosimida 300 nafargacha kishi qatnashishi mumkin.
 


Maqola muallifi

Teglar

To'y Odamlar nima deydi

Baholaganlar

193

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing