Bir odam 52 kishiga koronavirus yuqtirmagan. SSV vazirning aytganlariga izoh berdi
Jamiyat
−
07 aprel 2020
11749Avvalroq, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov “O‘zbekiston 24” telekanali efirida bergan ma’lumota asosan Toshkent viloyatida bir odam 52 kishiga koronavirus infeksiyasi yuqtirgani haqida xabar bergan edik. Mazkur xabar rad etildi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning ommaviy axborot vositalarida chiqishi davomida Toshkent viloyatida yashovchi koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxs kasallikning belgilari bo‘lishiga qaramay (yo‘tal, tana haroratining ko‘tarilishi va hansirash), jamoat joylariga borganligi va 52 nafar shaxsni zararlagani holati bo‘yicha shuni ma’lum qildi.
“Bugungi kunda fuqarolarimiz tomonidan koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq tushuntirish ishlari va uning tarqalishini oldini olishga qaratilgan qator choralar ko‘rilishiga qaramay, o‘zlarining hamda atrofdagilarning sog‘lig‘iga mas’uliyatsizlik bilan yondashish holatlari kuzatilmoqda. Natijada bir nafar kasallangan shaxs bir necha shaxslarni zararlashi holatlari kuzatilmoqda”, deyiladi SSV axbortida.
Ta’kidlanishicha, Toshkent viloyatida kasallanganlar soni 2020 yilning 6 aprel soat 12:00 holatiga 29 nafarni tashkil etgan. Hududlar bo‘yicha kasallanganlik holatlari esa shu muddatda quyidagicha bo‘lgan:
1 Qoraqalpog‘iston Respublikasi 11 nafar
2 Andijon viloyati 71 nafar
3 Buxoro viloyati 8 nafar
4 Jizzax viloyati 2 nafar
5 Qashqadaryo viloyati 17 nafar
6 Navoiy viloyati 5 nafar
7 Namangan viloyati 42 nafar
8 Samapqand viloyati 21 nafar
9 Supxondaryo viloyati 5 nafar
10 Sirdaryo viloyati 4 nafar
11 Toshkent viloyati 29 nafar
12 Farg‘ona viloyati 24 nafar
13 Xopazm viloyati 4 nafar
14 Toshkent shahri 147 nafar
Ushbu jadvalda hududlar kesimida kasallanish holatlari fuqarolarning doimiy yashash manzillariga nisbatan olingan.
“Sog‘liqni saqlash vazirligi bugungi kunda xalqimiz salomatligi va epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida vazir boshchiligida tunu kun xizmat qilmoqda.
Bundan tashqari, Alisher Shodmonov tomonidan bir shaxs 52 nafar shaxsga kasallikni yuqtirgani og‘zaki anglashilmovchilik bo‘lib, kasallikka chalingan shaxs mas’uliyatsizligi sabab 52 nafar shaxs bilan yaqin muloqotga kirishganligi keltirilgan.
Ta’kidlash joizki, Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus kasalligini tarqalishini oldini olish maqsadida barcha choralarni ko‘rmoqda, shuningdek, epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida fuqarolarimizdan ko‘rilayotgan karantin choralari hamda cheklovlarga amal qilinishini yana bir bor so‘rab qoladi”, deyiladi SSV bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 457 nafarga yetdi. Ularning 30 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi