Bir necha viloyatlarda qishki ta’til uzaytirildi

Jamiyat

image

Xorazm, Surxondaryo, Andijon va Buxoro viloyatlaridagi barcha ta’lim muassasalarida qishki ta’til 23 yanvarga qadar uzaytirildi. Bu haqda viloyatlar hokimliklari xabar berdi.

Xorazm viloyatidagi bog‘cha, maktab va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qishki ta’til 23 yanvarga qadar uzaytirildi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatidagi bog‘cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qishki ta’til 23 yanvarga qadar uzaytirildi.

Andijon viloyatidagi bog‘cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qishki ta’til 23 yanvarga qadar uzaytirildi.

Bundan tashqari, Buxoro viloyatidagi bog‘cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qishki ta’til 22 yanvarga qadar uzaytirildi.

Qishki ta’til uzaytirilishiga sovuq ob-havo saqlanib qolayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan. 

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar ushbu viloyatlardagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til 18 yanvarga qadar uzaytirilgandi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 11 yanvardan boshlab oliy hamda professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashg‘ulotlari boshlanishini e’lon qilgandi.

Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi esa joriy yilning 5 yanvar kuni anomal sovuq sabab O‘zbekistondagi barcha maktablarda qishki ta’til 17 yanvargacha uzaytirilgani, 2022-2023 o‘quv yilining III choragi 2023 yilning 18 yanvaridan boshlanishini bildirgandi. Biroq, joriy yilning 10 yanvar kuni qishki ta’til davrini uzaytirish vakolati hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda, mahalliy hokimliklarga berilganini aytib chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab ta'til

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing